Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Tinglash madaniyati

Suhbatdoshni tinglash madaniyati

Two ears one mouth

Alloh insonga ikkita quloq va bitta til bergan, bu ko’proq tinglab, kamroq gapirishga ishoradir.

Barchamiz ishda, o’qishda, oilada yoki dam olishda boshqa insonlar bilan muloqot qilamiz, fikr almashamiz, maslahat beramiz yoki olamiz.

Suhbat foydali yoki foydasiz bo’lishidan qat’i nazar, har bir inson suhbat davomida o’z suhbatdoshini tinglashi — unga bo’lgan hurmat belgisi deb bilaman.

Lekin hamma ham tinglay olmaydi yoki bu xususiyat unda shakllanmagan bo’ladi (eng yomoni, shakllanishini istamaydiganlar ham yetarlicha). Ayniqsa, gapingizni tugatmasdan turib qizishib ketadigan, tortishadigan, faqat va faqat o’z fikrini ma’qullaydiganlar ham bor.

Insonmiz, hammamizda ham ba’zida hissiyotlar ustun kelib, suhbatdoshimizni oxirigacha eshitishga sabrimiz yetmay qoladi. Lekin biz tinglashni o’rganishimiz lozim hattoki nima demoqchi ekanini oldindan bilgan taqdirimizda ham suhbatdoshimizni gapini bo’lmasligimiz kerak. Chunki ba’zi hollarda o’zimiz bilmagan qandaydir qo’shimcha ma’lumot eshitishimiz yoki qaysidir vaziyatga boshqa inson tomonidan bildirilgan o’zgacha rakursdagi fikrni bilish mumkin.

Vaqtimiz cheklangan, shuning uchun tinglashni bilmaydiganlar bilan suhbatni qisqa qilish — bu o’zimizga bo’lgan hurmat belgisidir.

Xalqimizda ajoyib naql bor-ku (ikki og’iz so’zda bir olam ma’no):

Oldiga qo’yganni yemak — hayvonning ishi, og’ziga kelganni demak — nodonning ishi.


Ulashish:

Izohlar


Oldingi post
Aytilmagan so'zlar yuki