Men haqimda
Mening ismim Javlon Ergashev.
Muhandis-dasturchi va Pedagogman.
Faoliyatim
Hozirda Unicon Soft IT kompaniyasida axborot tizimlari bo’yicha texnik xodim sifatida faoliyat yuritaman.
Tajribam davomida quyidagi yo’nalishlarda ishlaganman:
- Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari;
- Nodavlat tashkilotlari;
Blogdan maqsad
Ushbu shaxsiy blogni yuritishdan ikkita asosiy maqsadim bor:
-
Dasturlash va boshqa sohalarda bilganlarimni ulashib borish (blog yuritish ham aslida bir hobby men uchun): Dasturlash, texnologiya va o’zimga qiziq bo’lgan sohalarni chuqur o’rganib, bu bilimlarni ona tilimizda sodda va tushunarli qilib ulashish.
-
Shaxsiy tahlil va fikrlar: Jamiyatdagi o’zgarishlar, atrofimizdagi voqea-hodisalar va texnologik yangiliklarga nisbatan o’z subyektiv fikrlarim va tahlillarimni bo’lishib borish.
Aytishadiku ilm — bu ulashilganda ya’na ham mustahkamlanadi va ortadi deb.
Bog’lanish: Men bilan saytning pastki qismidagi (footer) tarmoqlar orqali bog’lanishingiz mumkin.